Muzokaralar ishtirokchilari hamkorlikdagi ishlar yaxshi qo‘shnichilik ruhida olib borilayotgani va butun Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlashga qaratilganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni tranzit, yetkazib berish va energiya tizimini muvozanatlash uchun texnik shartlarni ta’minlashga tayyorligini tasdiqladi, deyiladi xabarda.

Yig‘ilish yakunida 2026-yil vegetatsiya davri uchun qishki elektr energiyasi yetkazib berish va suv to‘plash hajmlarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi uch tomonlama bayonnoma imzolandi.