Oktyabr oyida Markaziy bank xarid qilgan qimmatli qog’ozlar hajmi $100 mlndan oshdi

Bu ko’rsatkich sentyabr oyiga nisbatan qariy 3 barobarga ko’p

Oktyabr oyida Markaziy bank xarid qilgan qimmatli qog’ozlar hajmi $100 mlndan oshdi

Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog’ozlar narxi oktyabr oyi davomida qariyb 3 barobarga oshib, $100,9 mlnni tashkil etdi. Bu haqda regulyator tomonidan taqdim etilgaan ma’lumotlarda keltirilgan.

Xususan, oktabrda qimmatli qog‘ozlar qiymati sentabrga nisbatan 2,82 barobarga ko‘paydi. Hozircha regulyator qaysi qimmatli qogʻozlarga sarmoya kiritgani ma’lum emas. 

Avvalgi oylarda qimmatli qog‘ozlar asta-sekin qimmatlashib, taxminan $35 mlnni tashkil etgandi.

Bundan oldin, oktyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $43 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Carvon” yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 8,150 so‘mga ko‘tarildi
/
“Carvon” yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 8,150 so‘mga ko‘tarildi
O‘zbekistonda ikki yangi mikromoliya tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi
/
O‘zbekistonda ikki yangi mikromoliya tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi
Bayram va dam olish kunlari qaysi bank shoxobchalari ishlashi ma’lum bo’ldi
/
Bayram va dam olish kunlari qaysi bank shoxobchalari ishlashi ma’lum bo’ldi