2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi

Xususan, Markaziy depozitariyda 29 ta qimmatli qog‘ozlar emissiyasi ro‘yxatga olingan

2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi

Markaziy depozitariy (MD) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga MDda 29 ta qimmatli qog‘ozlar emissiyasi ro‘yxatga olingan. Ulardan quyidagicha taqsimlanadi:

Emissiya turi Soni
Aksiyalarning boshlang‘ich emissiyasi 3 ta
Aksiyalarning qo‘shimcha emissiyasi 19 ta
Kapitalizatsiya doirasidagi aksiyalar emissiyasi 2 ta
Obligatsiyalar emissiyasi 4 ta
Obligatsiya nominal qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq emissiya 1 ta
Jami 29 ta

260 ta aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondlaridagi davlat ulushi 172,8 trln so‘mni tashkil etadi (shu jumladan, MDda 234 ta AJ bo‘yicha davlat ulushi 172,75 trln so‘m miqdorida hisobga olingan). 2025-yilning I choragida AJlarning ustav fondlaridagi davlat ulushi 1,2 trln so‘mga oshgan, AJlar soni esa 1 taga kamaygan.

Yagona deponentlarning bazasida 839,6 ming nafar shaxs ro‘yxatga olingan (shu jumladan 127 mingta hisobda qoldiq mavjud emas), ularning 776,3 ming nafari jismoniy, 63,3 ming nafari esa yuridik shaxslardir. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 23,5 mingtaga oshgan.

MDda 688 ta AJning qimmatli qog‘ozlari hisobga olingan. Aksiyalarning nominal qiymatdagi umumiy hajmi 218,4 trln so‘mdan oshgan bo‘lib, bu 23,8 trln donadan ortiq aksiyani tashkil etadi. 2025-yilning I choragida aksiyalar emissiyasi hajmi 3,7 trln so‘mga, ularning soni esa 3,6 mlrd donaga oshgan.

Shuningdek, 44 ta emitent tomonidan chiqarilgan 2,5 trln so‘m umumiy miqdorga ega 171,0 mln dona obligatsiyalar hisobi yuritiladi. Obligatsiyalarning 1,3 trln so‘m umumiy miqdorga ega 2,1 mln donasi 37 ta MChJ tomonidan chiqarilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
/
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 ming so‘mdan pastladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 ming so‘mdan pastladi