“UzAuto Motors” “Cobalt” rusumidagi avtomobillarga qayta kontraktatsiya e’lon qildi

Arizalar 19-dekabrdan boshlab qabul qilinadi

“UzAuto Motors” “Cobalt” rusumidagi avtomobillarga qayta kontraktatsiya e’lon qildi

“UzAuto Motors” AJ “Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS” va “Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT” avtomobillari xaridi uchun qayta kontraktatsiyani e’lon qildi. Bu haqda kompaniya o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Avtomobillar qayta kontraktatsiyaga qo‘yilishiga avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagani sabab bo‘lgan. 

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar 19-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab  savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va “UzAvtosavdo” ilovasi orqali tuzilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek aksiyadorlik kompaniyasining telegram boti orqali navbatni kuzatish va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotlarni olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Senatorlar tomonidan 2025-yilgi Davlat byudjeti tasdiqlandi
/
Senatorlar tomonidan 2025-yilgi Davlat byudjeti tasdiqlandi
O‘zbekistonga qancha chet ellik sayohat uchun kelgani aniqlandi
/
O‘zbekistonga qancha chet ellik sayohat uchun kelgani aniqlandi
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oshdi 
/
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oshdi