2025-yilning birinchi choragida $8,7 mlrddan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi

Ikkinchi chorakda $10 mlrdlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi kutilmoqda

2025-yilning birinchi choragida $8,7 mlrddan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi

Shavkat Mirziyoyevga 21-aprel kuni investitsiya sohasida joriy yil birinchi chorakda qilingan ishlar hamda keyingi vazifalar bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yil birinchi chorakda $8,7 mlrddan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 20% ga o‘sdi.

Bu mablag‘lar evaziga energetika, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda ko‘plab muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunda qo‘shilgan qiymat va ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Birinchi yarim yillik yakuni bilan $18 mlrddan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda.

Umuman, 2025-yilda $42 mlrd xorijiy investitsiya jalb etilishi, 81 ta yirik, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar 23 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar 23 trln so‘mdan oshdi
Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi bir necha ovqatlanish shoxobchalar faoliyatini o‘rgandi
/
Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi bir necha ovqatlanish shoxobchalar faoliyatini o‘rgandi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi