O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 30% ga oshdi

Ushbu mablag‘larning asosiy qismi Rossiyadan yuborilgan

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 30% ga oshdi

2024-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 30%ga yoki $3,4 mlrdga oshib, $14,8 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.

Ushbu mablag‘larning asosiy qismi — 77% yoki $11,5 mlrd Rossiyadan kelgan bo‘lib, bu 2023-yilga nisbatan 29%ga ko‘p hisoblanadi. Qolgan o‘tkazmalar Qozog‘istondan — $795 mln, AQShdan — $577 mln, Janubiy Koreyadan — $534 mln, Turkiyadan — $405 mln, Buyuk Britaniyadan — $135 mln va boshqa davlatlardan amalga oshirilgan.

Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi ham oshdi. Buyuk Britaniyadan kelgan mablag‘lar 83%ga, Janubiy Koreyadan — 56%, AQShdan — 35%, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan — 32%ga ko‘paydi. Umuman olganda, xalqaro tizimlar orqali $8,2 mlrd mablag‘ o‘tkazilgan bo‘lib, bu 2023-yildagiga nisbatan 14%ga yuqori natija hisoblanadi. 

Kartadan kartaga (P2P) to‘lovlar $5,9 mlrdni tashkil etib, 51%ga oshgan. Bu usul 71 mln tranzaksiyani amalga oshirgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 47%ga ko‘pdir. P2P-to‘lovlar umumiy o‘tkazmalarning 40%ini tashkil etgan, 2023-yilda — 34% bo‘lgan .

SWIFT tizimi orqali o‘tkazmalar hajmi 2,1 barobarga oshib, $774 mlnga yetgan. O‘z navbatida, O‘zbekistondan boshqa davlatlarga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi 19%ga oshib, $2,8 mlrdni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqandda ruxsatsiz qurilgan 12 qavatli uy buzilmoqda
/
Samarqandda ruxsatsiz qurilgan 12 qavatli uy buzilmoqda
Yil oxirigacha Toshkentda birinchi “JW Marriott” mehmonxonasi ochiladi
/
Yil oxirigacha Toshkentda birinchi “JW Marriott” mehmonxonasi ochiladi
Bojxonada qoldirilgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirilishi taklif qilindi
/
Bojxonada qoldirilgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirilishi taklif qilindi