O’zbekiston Qozog’istondan pul o’tkazmalari bo’yicha ikkinchi o’rinni egalladi
u ro’yhatda Rossiya yetakchilik qildi

Фото: Getty Images
Joriy yilning birinchi yarmida Qozog’istondan chet elga pul o’tkazmalari tizimi orqali xalqaro pul o’tkazmalari hajmi 383,4 mlrd tenge ($803,9 mln) ga yetdi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 12,2%ga kam. Bu haqda Ranking.kz xabar berdi.
Chet elga yuborilgan pul o’tkazmalarining yarmidan ko’pi ikki mamlakatga to’g’ri keldi: Rossiya joriy yilda yetakchilikni qaytarib olgan — 119,6 mlrd tenge ($250,7 mln) va O’zbekiston o’tgan yili yetakchi o’rinni egallagan — 103 mlrd tenge ($215,9 mln). Katta miqdorda Turkiya — 80,2 mlrd tenge ($168 mln), Gruziya — 29,6 mlrd tenge ($62 mln) va Qirg’iziston — 13,8 mlrd tenge ($28,9 mln)ga to’g’ri kelgan.
Chet eldan olingan pul o’tkazmalari hajmi 120,3 mlrd tenge ($252,2 mln)ni tashkil etgan bo’lsa-da, bu 2016 yildan beri yilning birinchi yarmidagi eng past ko’rsatkich bo’lib, o’tgan yilga nisbatan 26,7%ga kamaydi.
Rossiya chet eldan olingan pul o’tkazmalari hajmi bo’yicha ham yetakchi bo’lib chiqdi 34,1 mlrd tenge ($71,5 mln). Ikkinchi o’rinda AQSh — 15 mlrd tenge ($31,4 mln), uchinchi o’rinda Janubiy Koreya — 13,5 mlrd tenge ($28,3 mln). Keyingi o’rinlarda O’zbekiston 11,7 mlrd tenge ($24,5 mln), Turkiya 8,9 mlrd tenge ($18,6 mln) va Germaniya 8,3 mlrd tenge ($17,4) turadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ