Prezident Mirziyoyev Oliy ta’lim vazirining barcha o‘rinbosarlarini ishdan oldi

Shuningdek, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori ham lavozimidan ozod etildi

Prezident Mirziyoyev Oliy ta’lim vazirining barcha o‘rinbosarlarini ishdan oldi

O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosarlari Shoxrux Daliyev, Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident 9-sentabrdagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, Prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

To‘g‘ri, maktabgacha va maktab ta’limida o‘zgarishlar bo‘lyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligacha ta’limdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetgani yo‘q, — dedi davlat rahbari.

Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple uzoq kutilgan taqdimotini o‘tkazdi
/
Apple uzoq kutilgan taqdimotini o‘tkazdi
Apple 9-sentabr kuni yangi avlod iPhone modellarini taqdim etdi
/
Apple 9-sentabr kuni yangi avlod iPhone modellarini taqdim etdi
1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi
/
1-yanvardan barcha turdagi ishonchnomalarni onlayn rejimda tekshirish platformasi yaratiladi