O‘zbekiston Eron porti hududida logistika markazi qurishni moliyalashtiradi

Ikki davlat vakillari bu haqidagi memorandumni imzoladi

O‘zbekiston Eron porti hududida logistika markazi qurishni moliyalashtiradi

O‘zbekiston va Eron tranzit hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladilar, deb xabar bermoqda Tehran Times. Bu O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlariga Eronning Shahid Rajayi portida terminal va logistika markazi qurilishiga investitsiya kiritish imkonini beradi.

Hujjatga O‘zbekiston Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamov, uning eronlik hamkasbi Farzane Sodiq va Eron portlari va dengiz kemachiligi tashkiloti (PMO) rahbari Said Rasuli imzo chekdi.

Shahid Rajayi porti Hormuz bo‘g‘ozining shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan. Dengiz portining umumiy maydoni 19 gektardan ortiqni tashkil etadi. Uning hududida 23 ta pristani mavjud. Shuningdek, unda maxsus iqtisodiy zona ham faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning may oyi boshiga kelib O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo aylanmasi $140,2 mlnga yetdi. Bir yil oldin bu ko‘rsatkich $132,9 mlnni tashkil etgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
Namanganda xitoylik investorlar $530 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi
/
Namanganda xitoylik investorlar $530 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi