O‘zbekistonda pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanishi rejalashtirilmoqda

Fuqarolar pensiya yoshiga yetganda ariza topshirishi shart bo‘lmaydi

O‘zbekistonda pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanishi rejalashtirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 13-fevraldagi yig‘ilishida “Proaktiv pensiya tayinlash tizimiga o‘tish to‘g‘risida”gi qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi ma’lum qildi. 

Hujjat davlat xizmatlari sifatini oshirish va pensiya tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar erkaklarga 60 yoshga, ayollarga esa 55 yoshga to‘lganda avtomatik ravishda pensiya tayinlash imkonini beradi.

Hozirgi kunda pensiya tayinlanishi uchun fuqarolar ariza topshirishlari va to‘lovlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak edi. Bundan buyon bu jarayon tegishli vazirlik va idoralar o‘rtasidagi axborot almashinuvi doirasida avtomatlashtiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimovaning ma’lum qilishicha, ushbu o‘zgarishlar tufayli yiliga o‘rtacha 250 ming kishi Pensiya jamg‘armasi va davlat xizmatlari markazlariga ariza topshirish uchun bormasligi, bu esa ularning vaqti va mablag‘ini tejalishiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq, O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi 2025-yil 1-martgacha ishlab chiqilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab pensiya va nafaqalar ijtimoiy kartalarga o‘tkazilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
/
Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
/
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi
/
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi