O’zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi

U 2025-yil 1-martgacha taqdim etiladi

O’zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Joriy yilning 23 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida qarori qabul qilindi.  Bu haqda “Norma” xabar berdi.

O’zbekistonda davlat pensiya tizimining dolzarb muammolarini tahlil qilish va uning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy adolatni oshirish bo’yicha ilg’or xorijiy tajribaga asoslangan takliflarni ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan ishchi guruh tashkil etildi.

2025-yil 1-martgacha guruh davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini taqdim etadi. Loyihada xalqaro valyuta jamg’armasi, Osiyo taraqqiyot banki, xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari va mahalliy mutaxassislar ishtirok etadi.

Hujjat 2024-yil 25-avgustda kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi