O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtiriladi

Pensiya yoshiga yetgan fuqarolar SMS-xabar orqali ogohlantiriladi

O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtiriladi

Senatning 30-apreldagi yalpi majlisida yoshga doir pensiyani proaktiv shaklda tayinlash tartibi ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi.

Mazkur tartib amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish talab etilmaydi.

Bundan tashqari, pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida ularning telefon raqamlariga pensiya tayinlangani va uning miqdori to‘g‘risida SMS-xabar yuboriladi.

Qonunda, shuningdek, fuqaro pensiya yoshiga yetib, ammo mehnat faoliyatini davom ettirib, keyinroq yoshga doir pensiya olish istagi bo‘lganida, proaktiv shaklda tayinlangan yoshga doir pensiyani rad qilish tartibini ham joriy etish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, qonunga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga barcha nafaqalarni tayinlash va to‘lash Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakolatiga o‘tkazilgani munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunlarga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlarning fikricha, belgilanayotgan normalar fuqarolarga pensiya taʼminoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

2025-yilning fevralida deputatlar tomonidan pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanishi haqidagi qonun loyihasi qabul qilingandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Respublika fond birjasi brokerlik kompaniyalarini firibgarlikdan ogohlantirdi
/
Respublika fond birjasi brokerlik kompaniyalarini firibgarlikdan ogohlantirdi
O‘zbekistonda turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi
/
O‘zbekistonda turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda