13.6.2024 | 13:22
«Paynet Crypto» kripto do’konining litsenziyasi vaqtincha to’xtatildi
Qaror 12 iyundan kuchga kirdi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Joriy yilning 12 iyun kuni istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) «Paynet Crypto» kripto-do’kon litsenziyasini vaqtincha 10 kunga to’xtatib qo’ydi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Litsenziyani to’xtatib turish paytida kripto-valyutalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Eslatib o’tamiz, 2023 yil oxirida «Paynet» kompaniyasi O’zbekistonda kripto do’konini ishga tushirgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ