Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi

Kompaniya IT yo‘nalishini markazlashtiradi, mobil ilova va mijozlar oldidagi majburiyatlar o‘zgarishsiz qoladi

Payme aktivlarining bir qismini TBC Tech’ga o‘tkazadi

Payme kompaniyasi qayta tashkil etish jarayonini boshladi. Uning doirasida yangi yuridik shaxs — TBC Tech tashkil etiladi. Bu haqda Kapital.uz nashriga TBC Uzbekistan matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zgarishlar haqidagi ma’lumot Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilingan. Kompaniya bosh direktori Stanislav Skvirskiyga barcha zarur yuridik va tashkiliy jarayonlarni amalga oshirish topshirilgan.

Reorganizatsiya doirasida mol-mulkni inventarizatsiya qilish va ajratish balansini tayyorlash uchun maxsus komissiya tuziladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini rasmiy xabardor qilish uchun auditorlik xulosasi va moliyaviy prognozlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar paketi tayyorlanadi. Kompaniya amaldagi kreditorlarni OAV va rasmiy sayti orqali bo‘linish jarayoni haqida ogohlantiradi.

Yangi tuzilma — TBC Tech uchun ustav loyihasi ishlab chiqiladi, boshqaruv modeli belgilanadi hamda o‘tadigan mutaxassislar ro‘yxati tasdiqlanadi. Yakuniy hujjatlar to‘plami Payme Kuzatuv kengashiga taqdim etiladi.

TBC Digital tarkibiga kiruvchi yangi yuridik shaxsga texnologik infratuzilmaning bir qismi va ixtisoslashgan jamoa o‘tkaziladi. Bu qaror biznesni kengaytirish strategiyasi doirasida IT yo‘nalishini markazlashtirishga qaratilgan. Avvalroq, 2025-yil kuzida operatsion funksiyalarni birlashtirish maqsadida TBC Operations kompaniyasi tashkil etilgan edi.

TBC Uzbekistan ma’lumotiga ko‘ra, o‘zgarishlar faqat ichki tashkiliy jarayonlarga taalluqli. Barcha moliyaviy xizmatlar odatdagi tartibda ishlashda davom etadi, mijozlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlar to‘liq bajariladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
/
Toshkent–Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi
Mart oyining ikkinchi yarmidan tabiiy gaz uchun yangi bazaviy me’yor amal qiladi
/
Mart oyining ikkinchi yarmidan tabiiy gaz uchun yangi bazaviy me’yor amal qiladi
Toshkent — Qamchiq pulli yo‘li qurilishi $3,66 mlrdga baholandi
/
Toshkent — Qamchiq pulli yo‘li qurilishi $3,66 mlrdga baholandi