“Mikrokreditbank” tomonidan parrandachilik sohasiga 635 mlrd so‘m kredit ajratildi

Natijada 711 mln dona tuxum, 63 ming tonna parranda go‘shti, 188 ming tonna tayyor ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarildi

“Mikrokreditbank” tomonidan parrandachilik sohasiga 635 mlrd so‘m kredit ajratildi

O’tgan davrda “Mikrokreditbank” tomonidan parrandachilik sohasidagi 221 ta loyiha uchun 635 mlrd so‘m kreditlar yo‘naltirilgan. Bu haqda bank axborot xizmati rahbari brifingda ma’lum qildi.

Parrandachilikni rivojlantirishga doir prezident qaroriga asosan, “Mikrokreditbank” 24 oygacha bo‘lgan muddatga aylanma mablag‘ ajratish hamda modernizatsiya qilish uchun korxonalarga kreditlar ajratib kelinmoqda. Natijada, ishlab chiqarish quvvatlari 41%dan 86%ga yetgan.

Qarorga bilan boshqa tijorat banklarida xizmat ko‘rsatilayotgan parrandachilik (ozuqa) loyihalari uchun qariyib 96 mlrd so‘mlik mablag‘lar qayta moliyalashtirish maqsadida yo‘naltirilgan.

Jumladan, Toshkent viloyatidagi “UMID” MChJga faoliyatini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 75 mlrd so‘m kredit ajratilgan. Bu orqali korxonada yiliga 11,4 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish quvvati 48%dan 95%ga oshgan. 

Jizzaxdagi “SANGZOR-POULTRY” MChJga parranda va ozuqa sotib olish uchun 10 mlrd so‘m kredit berilgan. U yerda parrandalar soni 290 ming boshga yetkazilib, yiliga 84 mln dona tuxum ishlab chiqarishga erishilgan.

Samarqanddagi “Jomboy naslli parranda” MChJga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 55 mlrd so‘m kredit ajratilib, korxonada yiliga 144 ming tonna omuxta yem ishlab chiqarilgan. 

Bu loyihalar to‘liq amalga oshirilishi natijasida yiliga 711 mln dona tuxum va 63 ming tonnaga yaqin parranda go‘shti yetishtirilib, 188 ming tonna tayyor ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Shu qatorda, avval ajratilgan kreditlarning qaytishi hisobiga, 22 ta parrandachilik loyihalari uchun 212 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdga yetdi
/
O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdga yetdi
Samarqandda $4 mlrdlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
/
Samarqandda $4 mlrdlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
O’zbekistonda birinchi “Porsche studio” ochiladi
/
O’zbekistonda birinchi “Porsche studio” ochiladi