Koreyaning Paran shahrida Farg‘ona viloyati savdo-logistika markazi ochildi

Yangi markazga $6 mlnlik investitsiya kiritilgan

Koreyaning Paran shahrida Farg‘ona viloyati savdo-logistika markazi ochildi

Koreya Respublikasining Paran shahrida “Koreta Co., LTD” kompaniyasining yangi savdo-logistika markazi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda Frag’ona viloyati hokimligi

Yangi markaz farg‘onalik yosh tadbirkorlar — Abduvohid Qodirov, Javohir Valiyev va Muhammadsaid Xo‘jayev tashabbusi hamda $6 mlnlik sarmoya hisobiga barpo etildi.

Tadbirda hokim Xayrullo Bozorov mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijdagi vatandoshlar faoliyatiga turtki bo‘layotganini ta’kidladi. U yosh tadbirkorlarning tashabbuskorligi, xorijda tajriba orttirib, O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Elchi Alisher Abdusalomov esa “Koreta” kompaniyasi O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqishda muhim rol o‘ynayotganini qayd etdi. U elchixona tomonidan vatandoshlar biznes tashabbuslarini doimiy qo‘llab-quvvatlash davom etishini bildirdi.

“Koreta Co., LTD” 10 yildan ortiq vaqt davomida oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlarini Koreya bo‘ylab yetkazib berib keladi. Kompaniya 1000 dan ortiq mijozga ega bo‘lib, harbiy tizim bilan ham mahsulot yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Hozirda mahsulotlar O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Gruziya, Italiya, Polsha, Niderlandiya va boshqa 17 dan ortiq mamlakatlardan import qilinadi. Kompaniyaning Polshada ofisi, Qozog‘istonda sut mahsulotlari zavodi va O‘zbekistonda to‘qimachilik fabrikalari faoliyat yuritmoqda.

Marosim yakunida ramziy lenta kesilib, yangi markaz faoliyati bilan tanishildi.

Koreya Respublikasining Paran shahrida “Koreta Co., LTD” kompaniyasining yangi savdo-logistika markazi foydalanishga topshirildi. Markazning ochilish marosimida amaliy tashrif bilan Koreyada bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov ishtirok etdi.

Yangi markaz farg‘onalik yosh tadbirkorlar — Abduvohid Qodirov, Javohir Valiyev va Muhammadsaid Xo‘jayev tashabbusi hamda 6 million dollarlik sarmoya hisobiga barpo etildi.

Tadbirda hokim Xayrullo Bozorov mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijdagi vatandoshlar faoliyatiga turtki bo‘layotganini ta’kidladi. U yosh tadbirkorlarning tashabbuskorligi, xorijda tajriba orttirib, O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Elchi Alisher Abdusalomov esa “Koreta” kompaniyasi O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqishda muhim rol o‘ynayotganini qayd etdi. U elchixona tomonidan vatandoshlar biznes tashabbuslarini doimiy qo‘llab-quvvatlash davom etishini bildirdi.

“Koreta Co., LTD” 10 yildan ortiq vaqt davomida oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlarini Koreya bo‘ylab yetkazib berib keladi. Kompaniya 1000 dan ortiq mijozga ega bo‘lib, harbiy tizim bilan ham mahsulot yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Hozirda mahsulotlar O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Gruziya, Italiya, Polsha, Niderlandiya va boshqa 17 dan ortiq mamlakatlardan import qilinadi. Kompaniyaning Polshada ofisi, Qozog‘istonda sut mahsulotlari zavodi va O‘zbekistonda to‘qimachilik fabrikalari faoliyat yuritmoqda.

Marosim yakunida ramziy lenta kesilib, yangi markaz faoliyati bilan tanishildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda mikroqarzlar reklamasida uni olish oqibatlari haqida ogohlantiriladi
/

Yirik korxonalarning qurilish ishlari to‘rt barobarga o‘sdi

Toshkentga beshta kirish joyida yuk mashinalari uchun to‘xtash joylari quriladi