21.4.2025 | 12:03
Asadulla Qayumov “O‘zRTXB” ga boshqaruv raisi etib tayinlandi
Bu lavozimda ishlab kelgan Ziyoviddin Badriddinov boshqa lavozimga o‘tkazildi

Aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining qaroriga asosan Qayumov Asadulla Urolovich “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar 2019-yildan buyon “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”da Boshqaruv raisi lavozimida Badriddinov Ziyoviddin Bositovich faoliyat yuritib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Badriddinov Ziyoviddin Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tasdiqlandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ