“Ozon” va “UzPost” hamkorlikda buyurtmalar yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi
Buyurtmalarni yetkazib berish muddati 2 haftani tashkil etadi

Фото: CISO
Endi “Ozon” platformasi orqali buyurtma qilingan mahsulotlar “UzPost” bo‘limlarida yetkazib beriladi.
Dastlab, bu xizmat 10 ta shaharda joylashgan 685 ta pochta aloqa boʻlimlarini qamrab oladi. Buyurtmalarni Rossiyadan “UzPost” bo‘limlariga yetkazish 2 hafta davom etadi va xaridorlar uchun bepul bo‘ladi. Kelgusida xizmat ko‘rsatish punktlari sonini 1 600 dan oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonning barcha hududlarida elektron tijorat xizmatlarini rivojlantirish va xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu haqda “Ozon”ning Oʻzbekistondagi rahbari Jamshid Zohidov o’z so’zida: “Biz xaridorlarimiz geografik yoki boshqa cheklovlarsiz xarid qilish zavqini his qilishlarini istaymiz va “UzPost” bilan hamkorlik ushbu yoʻldagi muhim qadam hisoblanadi”, – dedi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ