O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 4,4 mlnga yetdi

Hududlar kesimida Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 4,4 mlnga yetdi

2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 4,4 mln nafarga yetdi. Xususan, ayollar 42%, erkaklar 58% ni tashkil qilmoqda. Bu natija o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76,5% ga yuqorilagan. Bu haqda Davlat Soliq xizmati ma’lum qildi

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning 1,9 mln nafari (yilllik o‘sish 104,3%) maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek:

  • Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 417,8 ming (yilllik o‘sish 94,6%).
  • Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishidagi xizmatlarda — 119,7 ming (yilllik o‘sish 87%).
  • Ijtimoiy yo‘nalishdagi xizmatlarda — 496,9 ming (yilllik o‘sish 55,9%).
  • Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi xizmatlar — 1,1 mln (yilllik o‘sish 53,6%).
  • Sanoat yo‘nalishidagi xizmatlar — 418,9 ming (yilllik o‘sish 49,6%).

Shuningdek, yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha 707,3 ming nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan, 450,5 ming nafari 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Hududlar kesimida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar asosan Samarqand viloyati (508,1 ming), Toshkent viloyati (447,2 ming), Qashqadaryo viloyati (442,5 ming) hissasiga to‘g’ri kelmoqda. 

Qolgan viloyatlar raqamlar quyidagicha:

  • Namangan viloyati — 398,6 ming nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 397,8 ming nafar;
  • Andijon viloyati — 394,9 ming nafar;
  • Toshkent shahri — 392,7 ming nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 342,6 ming nafar;
  • Buxoro viloyati — 255,8 ming nafar;
  • Xorazm viloyati — 239,6 ming nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 211,2 ming nafar;
  • Jizzax viloyati — 190,3 ming nafar;
  • Navoiy viloyati — 173,2 ming nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 117,8 ming nafar. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sotuvchilar mahsulotni belgilangan muddatlarda topshirmaganlik uchun penya to‘lashi belgilanmoqda
/
Sotuvchilar mahsulotni belgilangan muddatlarda topshirmaganlik uchun penya to‘lashi belgilanmoqda
O‘zbekiston 2024-yilda qiymati $224,8 mlnga teng elektromobil import qildi
/
O‘zbekiston 2024-yilda qiymati $224,8 mlnga teng elektromobil import qildi
Prezident tashrifi doirasida Malayziya bilan hamkorlikda 10 ta bitim imzolandi
/
Prezident tashrifi doirasida Malayziya bilan hamkorlikda 10 ta bitim imzolandi