Markaziy bank: o‘zgaruvchan stavkali kreditlar pul siyosati samaradorligini oshiradi
Global foiz siyosati O‘zbekiston iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
So‘nggi yillarda jahon markaziy banklarining foiz siyosati o‘zgarishi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham muhim tashqi omilga aylandi. 2022-yilda pandemiyadan keyingi tiklanish va geosiyosiy beqarorlik tufayli global inflyatsiya so‘nggi o‘n yilliklarda kuzatilmagan darajagacha oshdi. Natijada, rivojlangan davlatlarning markaziy banklari, xususan, AQSh Federal zaxira tizimi va Yevropa Markaziy banki foiz stavkalarini keskin oshirdi.
Bu jarayon global moliya bozorlarida kredit narxining oshishiga olib keldi. Tashqi qarz jalb qiluvchi davlatlar uchun qarz olish xarajatlari qimmatlashdi, O‘zbekiston ham bundan mustasno emas.
“Tashqi qarz jalb qiluvchi davlatlar va korxonalar uchun kreditning narxi qimmatlashdi. Biz ham o‘sha davrda tashqi moliya bozorlaridan qimmatroq resurslar jalb qildik”, — deydi Markaziy bank pul-kredit siyosati departamenti direktor o‘rinbosari Islomjon Inxomiddinov.
Bugungi kunda esa global inflyatsiya pasayib borayotgani sababli rivojlangan mamlakatlar asta-sekin foiz siyosatini yumshatmoqda. Bu esa O‘zbekiston uchun ijobiy omil, chunki tashqi moliyaviy resurslar arzonlashmoqda.
Islomjon Inxomiddinovning ta’kidlashicha, jahon markaziy banklari siyosati O‘zbekistonga ikki yo‘l orqali ta’sir qiladi:
birinchidan, tashqi qarz kanali orqali — global foiz stavkalari o‘zgarishi O‘zbekistonning tashqi qarz jalb qilish narxini belgilaydi;
ikkinchidan, ichki siyosat kanali orqali — Markaziy bank tashqi sharoitlarni inobatga olib, o‘z asosiy stavkasini moslashtiradi.
“Ammo biz uchun eng muhim omil — bu ichki inflyatsiya darajasi. Agar bizda inflyatsiya yuqori bo‘lsa, jahon stavkalari pasaygan taqdirda ham biz stavkani tushira olmaymiz,” — deydi u.
Asosiy stavka va ipoteka bozorining bog‘liqligi
Bugungi kunda ipoteka kreditlari ikki yo‘l bilan ajratiladi:
1. Imtiyozli ipotekalar — Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan beriladi va ularning foizi odatda asosiy stavka + 4% atrofida belgilanadi.
2. Tijoriy ipotekalar — banklarning o‘z resurslari va foiz siyosatidan kelib chiqib shakllanadi, shu bois ularning stavkasi yuqoriroq bo‘ladi.
Markaziy bank kelgusi yillarda asosiy stavka ta’sirini kuchaytirish maqsadida suzuvchi (o‘zgaruvchan) foiz stavkali kreditlarni rag‘batlantirishni rejalashtirmoqda.
“Agar ipoteka kreditlari asosiy stavkaga bog‘lab berilsa, biz inflyatsiyani pasaytirib, asosiy stavkani tushirganda ipoteka foizlari ham avtomatik kamayadi. Bu iqtisodiyot uchun muhim mexanizm,” — deydi Inxomiddinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir tijorat banklari berayotgan kreditlar asosan qat’iy foizda belgilanadi. Ya’ni, kredit 10 yilga 25% stavkada olingan bo‘lsa, butun muddat davomida shu stavka o‘zgarmaydi. Shu sababli Markaziy bank inflyatsiya va tashqi iqtisodiy sharoitlarga mos ravishda
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ