Toshkent viloyatida “O‘zenergokabel”ga tegishli binolar auksionga qo‘yildi

Umumiy 13,5 ming kvadrat metrni tashkil etadigan yer maydoning boshlang‘ich narxi 26,4 mlrd so‘mga baholangan

Toshkent viloyatida “O‘zenergokabel”ga tegishli binolar auksionga qo‘yildi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida joylashgan binolar va inshootlar majmuasi savdoga chiqarildi. Bu haqda E-auksion platformasida ma’lum qilindi.

Obyekt Paxta (Eski Toshkent) mahallasida, poytaxtdan 27 km janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, “O‘zenergokabel” korxonasiga tegishli.

Lot tarkibiga ishlab chiqarish angari, ikki qavatli ma’muriy bino hamda boshqa inshootlar kiradi. Ularning umumiy maydoni 13,5 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Zavod 6,6 gektar yer maydonida joylashgan.

Kompleksda gaz, suv ta’minoti va elektr energiyasi mavjud. Sotuvchisi — “O‘zenergokabel” huzuridagi qarzdorliklarni undirish markazi bo‘lib, mazkur lotni Muammoli aktivlar qo‘mitasi qaroriga asosan savdoga chiqargan.

Boshlang‘ich narx — 26,43 mlrd so‘m. Auksion 25-sentabr kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi. Arizalar shu kuni 9:00 gacha qabul qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda dam olmay avtomobil boshqargan havdovchilarga jarima qo‘llanilishi mumkin
/
Endilikda dam olmay avtomobil boshqargan havdovchilarga jarima qo‘llanilishi mumkin
Raqobat qo‘mitasi davlat tili yo‘qligi haqidagi shikoyat tufayli “VFS Global” ni tekshirishni boshladi
/
Raqobat qo‘mitasi davlat tili yo‘qligi haqidagi shikoyat tufayli “VFS Global” ni tekshirishni boshladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi