“O‘zeltexsanoat” 2025-yilda hududlarda $4 mlrdlik 290 ta yangi loyihani amalga oshiradi

Shuningdek, $600 mln investitsiya o‘zlashtirilib, misni qayta ishlash darajasini 75% ga yetkazish maqsad qilingan

“O‘zeltexsanoat” 2025-yilda hududlarda $4 mlrdlik 290 ta yangi loyihani amalga oshiradi

11-yanvar kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi bu yil hududlarda $4 mlrdlik 290 ta yangi loyihani boshlab, $600 mln investitsiya o‘zlashtirish, misni qayta ishlash darajasini 75% ga yetkazilishini aytdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, bu jarayaonda mahalliylashtirish dasturlaridan foydalanish muhim. Masalan, bu yil mamlakatimizda $75 mlrdlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Shuning $28 mlrdini mahalliy mahsulotlar hisobidan qoplash mumkin.

Shuningdek, elektrotexnika klasterini kengaytirish uchun Ohangaronda qo‘shimcha 200 gektar, Farg‘onada 10 gektar, Urganchda 4 gektar yer ajratildi. 181 milliard so‘m evaziga infratuzilma qurildi.

Endi tadbirkorlarga texnoparklar hududida tayyor bino qurib, elektrotexnika va turdosh soha korxonalariga sotishga ruxsat berish mo‘ljallanmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.

Bu, jumladan, “Ohangaron mis klasteri” da $68 mlnlik, Qashqadaryo, Farg‘ona va Urganchda $30 mlnlik yangi loyihalarga imkoniyat ochadi.

Mahsulotlar sotilishi uchun vazirlik va sanoat tarmoqlari kesimida 15 trln so‘mlik kafolatli bozor ham tashkil qilinmoqda. Ijtimoiy obyektlar uchun qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini mahalliy korxonalardan xarid qilish tartibi ishlab chiqilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank vakili inflyatsiya 5% ga tushmaguncha asosiy stavka 14% da saqlanishini ma’lum qildi
/
Markaziy bank vakili inflyatsiya 5% ga tushmaguncha asosiy stavka 14% da saqlanishini ma’lum qildi
O‘zbekiston 157 mln yevroga o‘nta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi
/
O‘zbekiston 157 mln yevroga o‘nta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi
Urbanizatsiya qo‘mitasi 35 ta hududdagi ko‘chmas mulk bozorida narxlarini o‘rgandi
/
Urbanizatsiya qo‘mitasi 35 ta hududdagi ko‘chmas mulk bozorida narxlarini o‘rgandi