“O’zbektemiryo’lkonteyner”ning ustav kapitalidagi 35% aksiyalari 200 mlrd so’mga sotildi

Xaridor “Cotton logistics” MChJ

“O’zbektemiryo’lkonteyner”ning ustav kapitalidagi 35% aksiyalari 200 mlrd so’mga sotildi

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJning ustav kapitalidagi 35% davlat aksiyalar paketini sotish boʻyicha ochiq savdo jarayonlari boshlangandi.

Xususiylashtirish jarayoni doirasida, MDH, Arab, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa davlatlaridagi 6 nafar xalqaro va mahalliy investorlar tomonidan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalar Konsultantga kelib tushgan.

Konsultant tomonidan mezonlarga muvofiq boʻlgan 5 nafar talabgor xususiylashtirish jarayonining keyingi – Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO)ni taqdim etish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilingan.

Ushbu bosqichda, belgilangan muddatlarda 3 nafar talabgor tomonidan Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO) taqdim qilingan.

Natijada, korxonani sotib olish uchun eng yuqori narx taklifini bildirgan “Cotton logistics” MChJ 200 mlrd soʻm miqdorida sotib olish toʻlovini toʻlash sharti bilan savdo gʻolibi deb topildi.

Xususiylashtirish dasturlariga muvofiq “Xalqchil IPO” dasturi doirasida “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJning 4% aksiyalarini mahalliy fond bozorida ommaviy taklifi oʻtkazilishi belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi