O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda

Dasturga qabul qilinganlar Germaniyada 3 oy davomida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda

2025-yilning mart-iyun oylarida “Feriyenjob – work and travel” dasturi bo‘yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qabul jarayoni agentlik va Germaniyaning “Novo Agency” tashkiloti hamkorligida amalga oshirilmoqda. Dasturda quyidagi sohalar bo‘yicha ishtirok etish mumkin:

  • ishlab chiqarish;
  • sanoat;
  • omborxona logistikasi;
  • qadoqlash;
  • gastronomiya.

Shuningdek, nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • sirtqi ta’limda o‘qiyotgan bo‘lishi;
  • 18−35 yosh;
  • mart-iyun oylari oralig‘ida ta’til davriga ega;
  • rus, ingliz yoki nemis tillarini muloqot darajasida bilish (sertfikat talab etilmaydi).

Dasturda bitiruvchi kurs talabalari qatnasha olmaydi. Mavjud ish o‘rinlari soni 250 tani tashkil etmoqda.

Ishtirokchilarga 1,450 yevrodan 1,700 yevrogacha ish haqi beriladi. Ish haftasiga 35−40 soat.

Bundan tashqari, dasturga qabul qilinganlar quyidagi xarajatlarni qoplash mavjud:

  • hujjatlar tayyorlanishi uchun 500 yevro;
  • viza 100 yevro
  • aviachipta 400−450 yevro atrofida;
  • turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni +998 (88) 239−32−23 telefon raqami yoki “Telegram»-manzili dan olish imkoni mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“UzAuto Motors” uchun vaqtinchalik direktor sifatida Odiljon Bastamkulov tayinlandi
/
“UzAuto Motors” uchun vaqtinchalik direktor sifatida Odiljon Bastamkulov tayinlandi
Kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug’ullangan buxorolik 17 yoshli yigit ishi yakunlandi
/
Kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug’ullangan buxorolik 17 yoshli yigit ishi yakunlandi
2024-yilda O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati hajmi 3,6 trln so‘mga yetdi
/
2024-yilda O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati hajmi 3,6 trln so‘mga yetdi