AQSh savdo vakili Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi

U O'zbekiston prezidenti va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi

AQSh savdo vakili Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi

11-12 iyun kunlari AQSh savdo vakili Ketrin Tay O’zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda uning idorasi xabar berdi.

Tashrifning birinchi kunida u O’zbekiston prezidenti va prezidentning yordamchisi Saida Mirziyoyeva, bosh vazir o’rinbosari Jamshid Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda bandlik va qashshoqlikni kamaytirish vaziri Behzod Musayev bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, mehnat va inson huquqlari masalalariga ixtisoslashgan Uzbek Forum vakillari hamda xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan o’qitilgan mehnat huquqlari monitoringi bo’yicha mutaxassislar bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

12 iyun kuni savdo vakili Samarqandga tashrif buyurib, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashib, shaharning diqqatga sazovor joylarini ko’zdan kechiradi.

Ketrin Tay advokat va AQSh vakillar palatasining usullar va vositalar qo’mitasining bosh savdo maslahatchisi. Uning savdo vakili lavozimiga nomzodini prezident Jo Bayden ilgari surdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi
/
“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi
O‘zbekistonda barcha asosiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha asosiy valyutalar qimmatlashdi
O‘zbekistonga ikki oyda 1,7 mln dan ortiq turist tashrif buyurdi
/
O‘zbekistonga ikki oyda 1,7 mln dan ortiq turist tashrif buyurdi