18.12.2024 | 12:37
O‘zbekistonga qancha chet ellik sayohat uchun kelgani aniqlandi
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,8% ga oshgan
2024-yil yanvar-noyabr oylarida 7,288,3 ming chet el fuqarosi O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqida Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,152,9 ming nafarga yoki 18,8% ga yuqori hisoblanadi.
Bu masalada qo‘shni davlatlar, xususan, Qirg’iziston, Tojikiston va Qozog’iston davlatlari yetakchi bo‘lib turibdi.
Turistlarning mamlakatlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
- Qirg‘iz Respublikasi — 2 123,3 ming nafar;
- Tojikiston — 2 123,1 ming nafar;
- Qozog‘iston — 1 385,5 ming nafar;
- Rossiya — 741,2 ming nafar;
- Turkmaniston — 171,2 ming nafar;
- Turkiya — 108,0 ming nafar;
- Xitoy — 66,6 ming nafar;
- Hindiston — 63,4 ming nafar;
- Koreya Respublikasi — 39,1 ming nafar;
- Afg‘oniston — 38,0 ming nafar;
- Boshqa mamlakatlar — 428,8 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar-iyun oylarida O’zbekistonga tijorat maqsadlarida 65 ming chet el fuqarosi kelgani aytilgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ