O’zbekiston $1,4 mlrdlik oziq-ovqat eksport qildi
Asosiy eksport mahsulotlarini sabzavotlar va mevalar tashkil etdi
Фото: Sputnik
Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlari eksporti $1,44 mlrdni tashkil qildi. Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.
Eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan sabzavotlar va mevalar $1,1 mlrdni, donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar $262,2 mlnni, go‘sht va go‘sht mahsulotlari $34,7 mlnni hamda sut mahsulotlari va qush tuxumlari $29,6 mlnni tashkil etdi.
Shuningdek, kofe, choy, kakao, ziravorlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar $18,2 mln, hayvonlar uchun oziq mahsulotlari $18,1 mln, shakar, shakardan tayyorlangan mahsulotlar va asal $11,5 mln hamda har xil oziq-ovqat mahsulotlari va preparatlar $7,6 mlnni qayd etdi.
Bundan oldin, O’zbekistonga sabzavot va mevalar $1 mlrdga eksport qilingani haqda xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ