O‘zbekistonda UzTest markazi tugatiladi

Sinov va sertifikatlashtirish xizmatlari to‘liq xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda UzTest markazi tugatiladi

O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish tizimini yangilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda 12-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga qilingan taqdimot chog‘ida so‘z bordi.

Tizimda institutsional o‘zgarishlar kutilmoqda. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“O‘zstandart”) tuzilmasidagi tashkilotlar sonini beshtadan uchtagacha qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qilindi — bu UzTest ilmiy sinov va sifat nazorati markazini tugatish hamda Akkreditatsiya markazini Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi.

Shuningdek, sinov va sertifikatlashtirish xizmatlarini to‘liq xususiy sektorga o‘tkazish taklif etilmoqda. Hozirgi vaqtda xususiy sektorda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi 207 ta sinov laboratoriyasi va 73 ta sertifikatlashtirish muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalarni, jumladan, Intertek (Buyuk Britaniya), SGS (Shveysariya), Bureau Veritas (Fransiya) va TÜV (Germaniya) kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Taqdimotda, shuningdek, “SUz” milliy muvofiqlik belgisini joriy etish, akkreditatsiya organlari mustaqilligini ta’minlash, sinov laboratoriyalari faoliyatini raqamlashtirish, metrologiya tizimini isloh qilish va etalon bazasini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilda Andijon viloyatida $798 mlnlik loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda
/
2026-yilda Andijon viloyatida $798 mlnlik loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln so‘mgacha grant ajratiladi
/
O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln so‘mgacha grant ajratiladi
O‘zbekistonlik milliarder Iskandar Mahmudov Bloomberg reytingida 399-o‘rinni egalladi
/
O‘zbekistonlik milliarder Iskandar Mahmudov Bloomberg reytingida 399-o‘rinni egalladi