O’zbekistonda 11 oyda to‘qimachilik eksporti $2,6 mrldga yetdi

Kelgusi yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksportini $4 mrldga, charm mahsulotlarinikini esa $250 mlnga olib chiqish rejalashtirilgan

O’zbekistonda 11 oyda to‘qimachilik eksporti $2,6 mrldga yetdi

O’zbekistonda yanvar-noyabr oylarida to‘qimachilik eksporti $2,6 mlrdni tashkil qildi. Bu haqida Pzident matbout xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, uning jami ishlab chiqarishdagi ulushi 14%ni, eksportda esa 16%ni tashkil qilmoqda. 

2024-yil qo‘y va echki terisi eksportidan 10% lik yig‘im bekor qilingani natijasida $3 mlnlik eksport shartnomalari tuzilgan. Shunga qaramay, jahon bozorida tola narxi pasayib borayotgani sababli tola va ip kalavani chuqur qayta ishlash va uni 70% ga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o‘rta bo‘g‘in kadrlari yetishmayotgani sababli poyabzal ishlab chiqaruvchi viloyatlar (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent) da korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, “dual ta’lim”ni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi.

Kelgusi yil yengil sanoat tarmog‘iga $2 mlrddan ortiq xorijiy investisiya jalb qilib, 82 ta yirik loyihani amalga rejalashtirilmoqda. Bu bilan 25 mingta ish o‘rni yaratiladi. To‘qimachilik mahsulotlari eksportini $4 mrldga, charm mahsulotlari eksportini $250 mlnga olib chiqish maqsad qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
/
O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
/
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi