O‘zbekistonda 2024-yilda 16 ta mikromoliya tashkiloti va 8 ta lombard tashkil etilgan

Mamlakatda bu kabi tashkilotlarning umumiy soni 192 ta yetgan

O‘zbekistonda 2024-yilda 16 ta mikromoliya tashkiloti va 8 ta lombard tashkil etilgan

Markaziy bank O‘zbekistonda 2024-yilda mikromoliya tashkilotlari haqidagi sharxini e’lon qildi

2024-yil davomida mikromoliya xizmatlar bozorida yangi ishtirokchi sifatida 16 ta mikromoliya tashkiloti hamda 8 ta lombard va ularning 151 ta filiallari (112 ta mikromoliya tashkiloti va 39 ta lombardlar) tashkil etilib, ularning umumiy soni 192 ta, shundan mikromoliya tashkilotlari 100 ta (filiallar soni 236 ta) va lombardlar 92 ta (filiallar soni 71 ta) yetdi. 

Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tarkibida chel el kapitali mavjud bo‘lgan mikromoliya tashkilotlari soni o‘tgan yilda nisbatda 5 taga ortib, 2024 yilda 20 taga (mikromoliya tashkilotlari 12 ta va lombardlar 8 ta) etgan.

Bunda, faoliyat yuritayotgan mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning eng katta qismi Toshkent shahri (44 ta mikromoliya tashkiloti va 47 ta lombard) va Farg‘ona viloyati (19 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombard) hissasiga to‘g‘ri kelsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida 1 tadan bosh ofislari joylashgan.

Mazkur tashkilotlar filiallari dislokatsiyasi bo‘yicha Toshkent shahrida lombardlarning 26 ta filiallari va mikromoliya tashkilotlarining 24 ta filiallari faoliyat ko‘rsatsa, Sirdaryo viloyatida mazkur ko‘rsatkichi mos ravishda jami 2 ta va 5 tani tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
/
2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
/
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi