O’zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi ekotizim joriy etiladi
Tizimning barqaror faoliyatini ta’minlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul etib belgilandi
Фото: Saneg
2025-yil 1-yanvardan boshlab, ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini taklif etish va savdoni rivojlantirish uchun ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.
Bu tizim quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- Hududlar va tovarlar bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar haqidagi ma’lumotlarni jamlovchi sanoat xaritasi ishlab chiqiladi.
- Davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ofteyk shartnomalar tuzish imkoniyati yaratiladi.
- Ishlab chiqaruvchilar uchun “B2B” va “B2C” formatidagi marketpleys (erkin savdo platformasi) tashkil etiladi.
Ekotizimning to‘liq joriy etilishi va barqaror faoliyatini ta’minlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul etib belgilandi.
Shuningdek, “Davlat xaridlari – biznesga ko‘mak” tamoyili asosida “Tadbirkorbay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tizim ayrim tadbirkor ishlab chiqaruvchilar uchun davlat xaridlari elektron tizimlarida ishtirok etish uchun vositachilik yig‘imiga 50% chegirma taqdim etiladi va xarid qilish jarayonida tadbirkorlardan qo‘shimcha zakalat talab qilinmaydi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ