O‘zbekistonda aviatsiya sohasi YIMning qariyb 1% izini tashkil qilmoqda
Shuningdek, turizm orqali mamlakatga taxminan $2 mlrd kirib keladi
Uzbekistan Airways
Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) O‘zbekiston bo‘yicha “Value of Air Transport Study” tadqiqotini e’lon qildi. Hisobotda mamlakatning aviatsiya sohasiga qaratayotgan e’tibori bandlik, iqtisodiy faollik va turizm rivoji uchun sezilarli natijalar berayotgani ta’kidlangan.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda bevosita aviatsiya sohasida 12,4 ming kishi faoliyat yuritadi. Ushbu ish o‘rinlari orqali iqtisodiyotga $96,5 mln qiymat yaratilgan bo‘lib, bu YaIMning 0,1%iga teng.
Aviatsiya orqali shakllanadigan kengroq iqtisodiy ta’sir — ta’minot zanjiri, xodimlarning iste’mol xarajatlari va turizm oqimi bilan birga — $795,5 mlnni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich mamlakat YaIMining 0,9%i bo‘lib, soha 128 mingta ish o‘rnini qo‘llab-quvvatlaydi.
Turizm aviatsiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, $282,9 mln iqtisodiy ulush yaratadi. Xalqaro sayyohlar O‘zbekistonda har yili taxminan $2 mlrd miqdorida tovar va xizmatlarga xarajat qiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston havo yuk tashish bo‘yicha mintaqaviy tranzit markaz sifatida tez rivojlanmoqda. 2023 yilda 66,6 ming tonna yuk mamlakat aeroportlari orqali tashilgan. Toshkent aeroportidagi yangi yuk terminali hamda Navoiy xalqaro yuk aeroportining izchil kengayishi yuk oqimining yanada oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ