O‘zbekistonda YAIM 2026-yilda $167 mlrdga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

Hukumat kambag‘allik darajasini 2,8%gacha kamaytirib, 1 mln ish o‘rni yaratishni maqsad qilgan

O‘zbekistonda YAIM 2026-yilda $167 mlrdga yetkazilishi rejalashtirilmoqda

Tasdiqlangan Davlat dasturiga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi $167 mlrdga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkichni 2030-yilga borib $240 mlrdga yetkazish strategiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish sur’ati 6,6% darajasida bo‘lishi kutilmoqda, inflyatsiya esa 6–6,5% koridorda ushlab turilishi rejalashtirilgan.

Dastur doirasida $50,4 mlrd xorijiy investitsiya jalb etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning $45,4 mlrdi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya va kreditlar, $5,1 mlrdi esa davlat kafolati ostidagi qarz mablag‘lari bo‘ladi. Eng yirik sarmoyalar yoqilg‘i-energetika ($9,6 mlrd), qishloq xo‘jaligi ($4,8 mlrd) hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish ($3,4 mlrd) sohalariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, xizmatlar bozori hajmini $100 mlrddan oshirish, qurilish ishlarini 11%ga kengaytirib, $30 mlrd aylanmaga chiqish maqsad qilingan. 2026-yil davomida 263 ming oila kambag‘allikdan chiqarilib, mamlakatda kambag‘allik darajasi 2,8%gacha kamaytiriladi. Buning uchun 1 mln nafar aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlikni 4,5%gacha tushirish rejalashtirilgan.

Ta’lim sohasida ham yangiliklar bo‘lib, yetti hududda texnikumlar bazasida “Kasblar shaharchasi” tashkil etiladi. Yangi o‘quv yilidan texnikum talabalari uchun 412 ming so‘mdan 1,2 mln so‘mgacha davlat stipendiyalari joriy qilinadi. Bundan tashqari, xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalari soni 100 taga yetkazilib, 24 ta malaka baholash markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yilgacha o‘zgarishsiz qoladi
/
O‘zbekistonda QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yilgacha o‘zgarishsiz qoladi
Mobiuz shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
/
Mobiuz shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Sentabr oyidan boshlab elektromobil sotib olishda 16% gacha avtokredit ajratiladi
/
Sentabr oyidan boshlab elektromobil sotib olishda 16% gacha avtokredit ajratiladi