O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston bir qator hujjatlarni imzoladi

Shuningdek, mamlakatlarimiz keng qamrovli sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qildi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston bir qator hujjatlarni imzoladi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari keng qamrovli sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, ularning ishtirokida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:

  • o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, kon-qazilma sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani,
  • jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
  • ikki mamlakat arxiv idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari o‘rtasida, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o‘rtasida 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari;
  • O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik rejasi;
  • O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o‘rtasida ekoturizm sohasidagi harakatlar rejasi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda eksportchilar uchun “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi
/
O‘zbekistonda eksportchilar uchun “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi
Senat bank kartalarini firibgarlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
/
Senat bank kartalarini firibgarlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Sud mashhur brendlar nomi ostida kiyim ishlab chiqargan kompaniyalarni jarimaga tortdi
/
Sud mashhur brendlar nomi ostida kiyim ishlab chiqargan kompaniyalarni jarimaga tortdi