O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

Shuningdek, yana beshta yo‘nalishda hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

Samarqand shahrida 29-may kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ular huzurida yana bir qator hujjatlar imzolandi, jumladan:

  • investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida;
  • strategik ahamiyatga ega xomashyo sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
  • migratsiya va harakatlanish erkinligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
  • barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, madaniy merosni saqlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida;
  • Iqlim jamg‘armasi va Italiya qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi bilan hamkorlik, Sogesid va Ansaldo kompaniyalari bilan “yashil” rivojlanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida.

Tushia, Piza va Turin universitetlari bilan sheriklik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi ham o‘tkazildi.

Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, SIMEST va Danieli kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imzolandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM