2030-yilga qadar O‘zbekiston va BAAning o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga oshiriladi

Jumladan, BAAning investitsiya portfelini $50 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda

2030-yilga qadar O‘zbekiston va BAAning o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga oshiriladi

15-yanvar kuni Abu-Dabi shahridagi “Qasr ash-Shati” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi.

Davlat rahbarlari iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini, jumladan sun’iy intellekt, raqamlashtirish, “yashil” energetika, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi 6 ta asosiy yo‘nalishni belgilab olishdi. 

Tomonlar 2025-2027-yillarni “O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri” deb e’lon qilish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Shu ma’noda, 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga oshirish va investitsiya portfelini $50 mlrdga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.

Davlat rahbari Muhammad bin Zoid nomidagi universitet bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va sun’iy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirishni taklif etdi.

Muzokaralar davomida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan joriy yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
/
MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
/
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
/
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda