O’zbekiston-Qirg’iziston avtomobil zavodi 28 may kuni sinov rejimida ishlay boshlaydi

Zavodda «Chevrolet», «Daewoo» va «Isuzu» markali avtomobillar ishlab chiqarish rejalashtirilgan

O’zbekiston-Qirg’iziston avtomobil zavodi 28 may kuni sinov rejimida ishlay boshlaydi

Qirg’izistondagi O’zbekiston-Qirg’iziston avtomobil zavodi 28 may kuni sinov ishlarini boshlaydi. Bu haqda 24.kg’ga Qirg’iziston iqtisodiyot va tijorat vaziri Daniyar Amangeldiyev ma’lum qildi.

Korxona Chuy viloyatining Sokuluk tumanida joylashgan va «Chevrolet», «Daewoo» va «Isuzu» markali avtomobillarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

2023 yil 27 yanvarda prezidentning Qirg’izistonga davlat tashrifi chog’ida yengil va tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.

Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • Dastlabki uch yil ichida 500 nafar xodimni jalb qilgan holda 10 mingta yengil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Mahalliylashtirish darajasi 5% -10% ni tashkil qiladi.
  • Ikkinchi bosqichda 20 mingta avtomobil ishlab chiqarishni ko’paytirish va avtomobil komponentlarini ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan. Ishchilar soni mingga, mahalliylashtirish darajasi esa 15% -20% gacha ko’tariladi.
  • Kelajakda ishlab chiqarish hajmi 30 ming avtomobilga, xodimlar soni esa 2 ming kishiga ko’paytiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM