O‘zbekiston pasport reytingida 10 pog‘ona pastladi

Bunga Chernogoriya hukumati o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni to‘xtatgani sabab sifatida keltirilgan

O‘zbekiston pasport reytingida 10 pog‘ona pastladi

2025-yil 16-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Henley Passport Index reytingida 82-o‘ringa tushdi. Sentabr boshida mamlakat 72-o‘rinda edi.

Reyting tuzuvchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 61 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega — bir oy avval bu ko‘rsatkich 62 ta edi. Oktabr oyida Chernogoriya hukumati Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayoni bilan bog‘liq chora-tadbirlar doirasida O‘zbekiston, Armaniston va Misr fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi.

Reytingda O‘zbekistonning “qo‘shnilari” sifatida Kuba (83-o‘rin) hamda San-Tome va Prinsipi (82-o‘rin) qayd etilgan.

Ro‘yxatning yetakchilari esa o‘zgarishsiz qoldi: Singapur, Janubiy Koreya va Yaponiya hali ham eng kuchli pasportlarga ega davlatlar hisoblanadi. Italiya va Germaniya to‘rtinchi, Avstriya va Belgiya esa beshinchi o‘rinni egallagan.

Reytingning eng pastki pog‘onasida Iroq (104-o‘rin), Suriya (105-o‘rin) va Afg‘oniston (106-o‘rin) joylashgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda funtdan tashqari barcha xorijiy valyutalar qadrsizlandi
/
O‘zbekistonda funtdan tashqari barcha xorijiy valyutalar qadrsizlandi
Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln kredit ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln kredit ajratadi
O‘zbekistonda avtomaktabni bitirganlarga yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi
/
O‘zbekistonda avtomaktabni bitirganlarga yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi