O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $43 mlrddan oshdi

Bir oy ichida ular $2 mlrdga ko‘paydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $43 mlrddan oshdi

Oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari $2 mlrdga o‘sib, $43,1 mlrdni tashkil qildi, deb xabar berdi regulyator.

Chet el valyutasi zaxiralari $8,7 mlrddan $9,2 mlrdgacha oshgan (sentyabrda ular $8,2 mlrddan $8,7 mlrdgacha ko‘paygan). 

Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi $12 mln troy unsiya miqdorida qoldi. Ammo oltin zaxiralarining qiymati $1,5 mlrdga oshib, $33,4 mlrdni tashkil qildi.

Yanvar boshida zaxiralar $34,6 mlrdni, fevral boshida — $33,4 mlrdni, mart oyida — $32,2 mlrdni, aprelda — $34,2 mlrdni, mayda — $35,1 mlrdni, iyunda — $36,6 mlrdni, iyulda — $36,3 mlrdni, avgustda — $37,4 mlrdni, sentyabrda — $39,1 mlrdni, oktyabr boshida esa $41,1 mlrdni tashkil qilgan edi.

Sentyabr oyida mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari $1,98 mlrdga ko‘payib, $41,1 mlrdni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda
/
O‘zbekistonliklar uchun “Work and Travel” doirasida ish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi
/
O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etildi
Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi
/
Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi