Raqobat qo‘mitasi Navoiydagi kompaniyaga nisbatab ish qo‘zg‘atdi

Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning davlat tilida menyusi bo‘lmagan

Raqobat qo‘mitasi Navoiydagi kompaniyaga nisbatab ish qo‘zg‘atdi

Navoiy viloyatining Navoiy shahrida joylashgan “Navoiy-Saxovat Manzili” ga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasiga ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasiga fuqaro E.N. tomonidan ushbu umumiy ovqatlanish maskanida iste’molchilar huquqlarini cheklash holatlari mavjudligi yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

O‘tkazilgan o‘rganish davomida iste’molchilar uchun jamiyatning to‘liq nomi va STIR raqami hamda bu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kodi yo‘qligi aniqlandi.

Shu bilan birga, ish rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va mahsulotlarda narxnomalar keltirilmagan, taomlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa iste’molchiga davlat tilida taqdim etilmagan.

Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Navoiy-Saxovat Manzili” ga nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonuni hamda hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan talablar buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Jamiyat mas’uliga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
/
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi