“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi

Loyiha parametrlari tasdiqlanib, beton quyish ishlari boshlandi

“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi

“O‘zatom” va “Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvni imzoladi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi hujjatga ko‘ra, stansiyada ikkita VVER-1000 reaktori hamda har biri 55 MVt quvvatga ega ikkita RITM-200N energobloki o‘rnatiladi. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, AES yiliga qariyb 15,4 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, mamlakat ehtiyojining 15% dan ortig‘ini qoplash imkonini beradi.

Hozirda qurilish maydonida dastlabki beton ishlari boshlangan. Mutaxassislar reaktor binosi uchun asos tayyorlash, gidroizolyatsiya va yerga ulash tizimlarini barpo etish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu bosqich doirasida 900 kub metrga yaqin beton quyilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ishlarni 2026-yil aprel oyida yakunlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “O‘zatom” rahbari Azim Ahmadxo‘jayev va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov atom energetikasi sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi. Unda loyiha bosqichlari, kadrlar tayyorlash, infratuzilma rivoji va jamoatchilik bilan ishlash masalalari qamrab olingan.

Bundan tashqari, AES qurilishi direksiyasi tanlangan hududdan foydalanish uchun rasmiy ruxsat oldi. Tegishli regulyator tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida hududda seysmik xavflar va geologik xatarlar aniqlanmagani tasdiqlandi. Bu esa loyihaning keyingi — batafsil loyihalash va muhandislik tayyorgarligi bosqichiga o‘tish imkonini beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Poytaxtbank” kuzatuv kengashi to‘liq yangilandi
/
“Poytaxtbank” kuzatuv kengashi to‘liq yangilandi
O‘zbekistonda barcha asosiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha asosiy valyutalar qimmatlashdi
O‘zbekistonga ikki oyda 1,7 mln dan ortiq turist tashrif buyurdi
/
O‘zbekistonga ikki oyda 1,7 mln dan ortiq turist tashrif buyurdi