DABA «O’zagrosug’urta» kompaniyasining davlat ulushlarini xususiylashtirish bo’yicha konsultant qidirmoqda

Korxonadagi davlat ulushining 99,3% sotuvga qo'yiladi

DABA «O’zagrosug’urta» kompaniyasining davlat ulushlarini xususiylashtirish bo’yicha konsultant qidirmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «O’zagrosug’urta» kompaniyasining 99,3% ulushini xususiylashtirish bo’yicha xalqaro tajribaga ega bo’lgan konsalting kompaniyasini qidirmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Manfaatdor talabnoma beruvchilar 2024-yil 22-iyul, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha taklif so’rovlari bo’yicha o’z takliflarini taqdim etishlari mumkin.

«O’zagrosugurta» yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy sug’urta qilishning barcha 17 klassi bo’yicha 100 dan ortiq turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatadi. Kompaniyaning ustav fondi 108,9 mlrd so’mni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi