“O‘zagrosanoatloyiha”ning 94,9% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda

3 ta mahalliy investorning arizasi talablarga mos kelgan

“O‘zagrosanoatloyiha”ning 94,9% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zagrosanoatloyiha” MCHJ ustav kapitalidagi 94,9% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda. Bu haqda DABA ma’lum qildi

Xususiylashtirish jarayoni joriy yil 4-noyabr kuni e’lon qilingan bo‘lib, hozirda qiziqish bildirish (Express of Interest) bosqichi davom etmoqda.  Konsultant sifatida “Abrau Capital” kompaniyasi jalb qilingan. Hozirda 3 ta mahalliy investor qiziqish bildirish to‘g‘risida ariza topshirgan.

Talabgorlar quyida mezonlar asosida o‘rganilib chiqilgan:

  • Moliyaviy resurslarning yetarliligi; 
  • Jinoiy faoliyat bilan bog‘liq sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • Xalqaro sanksiyalar va sanksiyalangan shaxslar bilan aloqadorlikning mavjud emasligi.

Konsultant tomonidan taqdim etilgan barcha arizalar yuqoridagi mezonlarga muvofiq baholangan va talabgorlar mos deb topilgan.

Navbatdagi bosqich to‘g‘risida ma’lumot:

  • Talabgorlar maxfiylik bitimini (NDA) imzolagan holda virtual ma’lumotlar xonasiga (VDR) kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  • 2024-yil 23-dekabr soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) qabul qilinadi.
  • Talabgorlar taklifning kamida 1% miqdorida kafolat to‘lovini “E-ausion” platformasida joylashtiradi. Gʻolib bo‘lgan ishtirokchining kafolat to‘lovi sotib olish to‘lovining bir qismi sifatida hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘qituvchilarga uy-joy xarid qilishda yordam beriladi: ipotekaning 25% ini davlat qoplaydi
/
O‘qituvchilarga uy-joy xarid qilishda yordam beriladi: ipotekaning 25% ini davlat qoplaydi
Yil boshidan buyon Oʻzbekistonga $640,7 mlnlik yengil avtomobil import qilindi
/
Yil boshidan buyon Oʻzbekistonga $640,7 mlnlik yengil avtomobil import qilindi
“Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
/
“Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi