O‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun OTMlarga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi

2025-yil tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori OTM rektorlari tomonidan belgilanadi

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun OTMlarga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi

2025-yil tabaqalashtirilgan (“super kontrakt”) to‘lov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar qildi.

O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilanadi. U quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

  • qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;
  • qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning 3 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Shuningdek, barcha oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentabrga qadar 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

2025/2026-o‘quv yili qabulida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik o‘qitish qiymatining 50% ini 2025-yilning 31-oktabrga qadar (shu kuni ham) to‘lashga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi
/
“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi
2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi
/
2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
/
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi