2024-yilda tijorat banklari 17,1 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratgan

Bu jami kredit portfelining 12,7% ulushini tashkil qilgan va hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda

2024-yilda tijorat banklari 17,1 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratgan

Markaziy bank bugun, 28-mart kuni O‘zbekistonda ipoteka kreditlari sharhini e’lon qildi

O‘tgan yilda 2023-yilga nisbatan mamlakatda bajarilgan qurilish ishlari hajmining oshishi, aholi jon boshiga umumiy daromadlar va nominal ish haqi ko‘rsatkichlarining ko‘chmas mulk narxlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi natijasida uy-joy bozorida umumiy talab va taklif mutanosibliklari yaxshilandi.

Uy-joyga bo‘lgan talabni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 2024-yilda 17,1 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.

Hisobot davrida ajratilgan ipoteka kreditlari hajmida birlamchi uy-joy bozoridan kvartiralar xarid qilish uchun yo‘naltirilgan ipoteka kreditlarining ulushi 3% bandga oshib, 61% ni tashkil etgan bo‘lsa, bu borada ikkilamchi uy-joy bozorida pasayish tendensiyasi kuzatildi.

Birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan ipoteka kreditlari hajmining o‘sish ko‘rsatkichlari asosan bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari (262 mlrd so‘mga oshgan) hamda subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolarga ajratilgan kreditlar (220 mlrd so‘mga oshgan) hisobidan shakllangan.

Natijada joriy yil 1-yanvar holatiga ajratilgan ipoteka kreditlarining qoldig‘i 2024-yil boshiga nisbatan 16% ga yoki 9,6 trln so‘mga oshgan.

2025-yil 1-yanvar holatiga tijorat banklarining jami kredit portfeli 533,1 trln so‘mni tashkil etib, uning tarkibida ipoteka kreditlari ulushi 12,7% ni tashkil qildi.

O‘tgan yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan jami 287,2 trln so‘m miqdoridagi kreditlarning 104,7 trln so‘mi (36% qismi) jismoniy shaxslarga yo‘naltirilgan.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar tarkibida avtokreditlar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20% bandga), mikrokreditlar (15,4% bandga) va mikromoliyalashtirishning (5% bandga) ulushida sezilarli darajada o‘sish hisobiga mazkur ko‘rsatkich ipoteka kreditlari ulushida 1% bandga pasaygan (1-rasm).

Hududlar kesimida:

Hududlar kesimida ajratilgan ipoteka kreditlarining yuqori ulushi Toshkent shahri (33%), Samarqand (8%), Farg‘ona (8%) viloyatlari, nisbatan kam ulush esa Jizzax (3%) va Sirdaryo (1%) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda (4-rasm).

Kredit miqdorlariga ko‘ra tahlil:

2024-yilda jami ajratilgan ipoteka kreditlari tarkibida 100–200 mln so‘m va 200–300 mln so‘mgacha ajratilgan ipoteka kreditlari ulushida pasayish qayd etilgan bo‘lsa, 300–400 mln so‘mgacha va 400 mln so‘mdan yuqori miqdorda ajratilgan ipoteka kreditlari ulushida mos ravishda 3% band va 5% bandga o‘sish kuzatilgan.

Kredit muddati bo‘yicha:

Shuningdek, 2024-yilda 10 yilgacha ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 5,6% bandga oshib, 17% ni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 10–15 yilgacha va 15–20 yilgacha ajratilgan ipoteka kreditlarida mos ravishda 0,2% va 5,4% bandga kamaygan (5-rasm).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshmoqda
O‘zbekistonda kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi
/
O‘zbekistonda kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi
“Kaspi” Turkiyaning “Rabobank” bankini sotib olishni rejalashtirmoqda
/
“Kaspi” Turkiyaning “Rabobank” bankini sotib olishni rejalashtirmoqda