OTB Qambarotadagi GESga $150 mln mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda
Tomonlar uchrashuvda hamkorlik shartlarini muhokama qildi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qirg‘izistondagi Qambarota GES-1 qurilishining birinchi bosqichiga $130-$150 mln ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, OTB loyihani moliyaviy, ekspertlik va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Uchrashuv davomida tomonlar investitsion hamkorlik shartlarini, shuningdek, loyihaning boshqa ehtimoliy ishtirokchisi — Jahon banki (JB) bilan moliyalashtirish bosqichlarini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Avvalroq, Kapital.uz OTB O‘zbekistonda 2025−2026 yillar uchun umumiy qiymati $3,6 mlrd bo‘lgan 23 ta yangi loyihani amalga oshirish dasturi imzolagani haqida xabar bergandi.
Loyihalar ta’lim, ichimlik suvi ta’minoti, transport va moliyaviy-texnik yordam sohalari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ