OTB O’zbekistonga $400 mlnlik kreditlar ajratadi
Mablag'lar energetikani yangilash va mamlakatning moliyaviy sektorini yaxshilashga yo'naltiriladi

Фото: Economy.pk
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O’zbekiston hukumatining moliya bozorlarini mustahkamlash va barqaror energetika sektorini rivojlantirish bo’yicha tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydigan $400 mlnlik ikkita kreditni tasdiqladi. Bu haqda veb-saytda xabar beriladi.
$300 mlnlik birinchi kredit «energetika sohasini isloh qilish dasturi» doirasida 2-kichik dastur uchun mo’ljallangan. Ushbu kredit investitsiyalarni rag’batlantirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun energiya sektorining tuzilishi, huquqiy va me’yoriy-huquqiy bazasini va boshqaruvini yaxshilashga qaratilgan siyosat choralarini amalga oshirish uchun byudjet yordamini taqdim etadi.
Dasturning maqsadi uglerod chiqindilarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni qo’llab-quvvatlashdir. Uning doirasida elektr energiyasi bozorini rivojlantirish bo’yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish, mustaqil energiya regulyatorini tashkil etish, Markaziy xaridorchi va chakana savdo funksiyalarini taqsimlash, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko’paytirish va tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo’yicha bosh rejani joriy etish rejalashtirilgan.
$100 mlnlik ikkinchi kredit «moliyaviy bozorlarni rivojlantirish dasturi» doirasida 2-kichik dasturga yo’naltiriladi. Ushbu kredit bozor sharoitlarini yaxshilash, moliyaviy operatsiyalar va xizmatlarni optimallashtirish, O’zbekiston kapitali va pul bozorlarida talab va taklifni tartibga solish bo’yicha tartibga soluvchi va institutsional islohotlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Asosiy tashabbuslar kapital bozorini tartibga solish vakolatlarini ixtisoslashgan regulyatorga topshirish, qoidalarni birlashtirish, bozor ma’lumotlarini onlayn nashr etish, yashil va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat qarzi to’g’risidagi qonunni qabul qilish va «FinTech» uchun «qumdon» rejimini yaratishni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston 1995 yilda OTB’ga a’zo bo’ldi. O’shandan beri bank mamlakatga $12,5 mlrdlik kreditlar, grantlar va texnik yordam ko’rsatdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ