Otabek Bakirov “Infinbank” kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi

U bankning 56,42% aksiyasiga egalik qilgan Mamatdjanov Farxodning o‘rnini egalladi

Otabek Bakirov “Infinbank” kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi

“Infinbank” asosiy aksiyadori (56,42%) Mamatdjanov Farxod Faxriddinovich o‘z xohishiga ko‘ra “Infinbank” kuzatuv kengashi a’zoligini tark etdi. Uning o‘rniga iqtisodchi Bakirov Otabek Orifovich saylandi.

Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Korporativ axborot yagona portali ma’lum qilmoqda

Otabek Bakirov Toshkent moliya institutining 2002 yilda tamomlagan. Ayni vaqtda jamoatchilik faoli, Telegramdagi Bakiroo kanali muallifi. 

Avvalroq, dekabr oyi o’rtalarida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan prokuratura va IIVga shikoyat arizasi kiritgandi. Shikoyat Bakirovning 2023-yil 5-iyun kuni “Sag‘bon” podstansiyasi bilan bog‘liq muammo haqida yozgan posti bilan bog‘liq. 

Keyinchalik Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi iqtisodchi Otabek Bakirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan. Chunki ekspertiza vazirning shikoyatini asosli deb topmagan va post e’lon qilinganidan beri 1,5 yildan ko‘proq vaqt o‘tgani sabab qilib ko’rsatilgan

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Toshkent xususiy investorlar uchun jozibador qilinadi
/
Yangi Toshkent xususiy investorlar uchun jozibador qilinadi
Urganch–Xiva pulli yo‘lida qatnov narxi 26,4 ming so‘m bo‘lishi taklif qilinmoqda
/
Urganch–Xiva pulli yo‘lida qatnov narxi 26,4 ming so‘m bo‘lishi taklif qilinmoqda
Markaziy bank vakili inflyatsiya 5% ga tushmaguncha asosiy stavka 14% da saqlanishini ma’lum qildi
/
Markaziy bank vakili inflyatsiya 5% ga tushmaguncha asosiy stavka 14% da saqlanishini ma’lum qildi