O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 2025-yilning birinchi choragida 18% ga oshdi

Eng yuqori daromadlar IT, moliya va bank sektorida, hududlar kesimida esa Toshkentda qayd etilgan

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 2025-yilning birinchi choragida 18% ga oshdi

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 mln 796,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 18% ga o‘sgan. 2021-yil bilan taqqoslaganda esa ikki baravar oshgan.

Yanvar-mart oylarida hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Xususan, 22,7% lik o’sish bilan 9,8 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Keyingi o‘rinlarda 7,3 mln so‘m bilan Navoiy hamda 5,4 mln so‘m bilan Toshkent viloyatlari turibdi. Ish haqining eng kam miqdori esa 4,08 mln so‘m bilan Qashqadaryo viloyatida qayd etildi.

Yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqi:

  • Toshkent — 9,8 mln so‘m (+22,7%);
  • Navoiy viloyati — 7,3 mln so‘m (+12,6%);
  • Toshkent viloyati — 5,4 mln so‘m (+14,3%);
  • Andijon viloyati — 4,8 mln so‘m (+11 foiz);
  • Buxoro viloyati — 4,7 mln so‘m (+18,5%);
  • Qoraqalpog‘iston — 4,6 mln so‘m (+15%);
  • Sirdaryo viloyati — 4,6 mln so‘m (+18,5%);
  • Xorazm viloyati — 4,5 mln so‘m (+14,3%);
  • Jizzax viloyati — 4,3 mln so‘m (+17,4 foiz);
  • Samarqand viloyati — 4,3 mln so‘m (+17,6%);
  • Namangan viloyati — 4,2 mln so‘m (+16,1%);
  • Surxondaryo viloyati — 4,2 mln so‘m (+19,1%);
  • Farg‘ona viloyati — 4,2 mln so‘m (+13,7%);
  • Qashqadaryo viloyati — 4 mln so‘m (13,7%).

Axborot va aloqa sohasi

  • Dasturlash, konsalting va yordamchi IT xizmatlari — 20,78 mln so‘m;
  • Axborot xizmatlari — 19,51 mln so‘m;
  • Aloqa — 11,14 mln so‘m.

Moliya-sug‘urta faoliyati

  • Moliyaviy xizmatlar (majburiy ijtimoiy sug‘urtadan tashqari) — 17,74 mln so‘m;
  • Sug‘urta va pensiya ta’minoti sohasidagi faoliyat — 17,53 mln so‘m;
  • Sug‘urta va pensiya ta’minotida eng past ko‘rsatkich — 15 mln so‘m.

Ta’lim

  • Oliy ta’lim — 9,59 mln so‘m;
  • Texnik va professional ta’lim — 4,15 mln so‘m;
  • Umumiy o‘rta ta’lim — 3,97 mln so‘m;
  • Maktabgacha ta’lim — 2,16 mln so‘m.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-maydan boshlab Tailandga kirish qoidalari o‘zgaradi
/
1-maydan boshlab Tailandga kirish qoidalari o‘zgaradi
“Innoprom”’da Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida dori vositalari yetkazib berishni soddalashtirish boʻyicha asosiy hujjat imzolandi
/
“Innoprom”’da Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida dori vositalari yetkazib berishni soddalashtirish boʻyicha asosiy hujjat imzolandi
«Innoprom»da prezident Shavkat Mirziyoyevga turli mamlakatlardagi raqamli markirovkaning ish faoliyati taqdim etildi
/
«Innoprom»da prezident Shavkat Mirziyoyevga turli mamlakatlardagi raqamli markirovkaning ish faoliyati taqdim etildi