Markaziy bank O‘zbekistonda Tojikistonning “Oriyonbank” banki faoliyatini toʻxtatdi
Qaror bankning o‘zi mamlakatdagi ofis faoliyatini yakunlash to‘g‘risida bayonot berganidan so‘ng qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2025-yil 3-iyundagi qaroriga muvofiq Tojikiston Respublikasi “Oriyonbank” OAJning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya guvohnomasi bekor qilindi.
Mazkur qaror Tojikiston Respublikasi “Oriyonbank” OAJ Kuzatuv kengashining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaroriga muvofiq qabul qilindi.
Tojikiston Respublikasi “Oriyonbank” OAJning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi mamlakatdagi faoliyatini 2022-yil 4-avgustdan beri olib borayotgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ